본문 바로가기 주메뉴 바로가기

Sizlar Xalqaro Til Markazimizda koreys tili va Koreya madaniyatini yaxshiroq o'rganishingiz uchun barcha imkoniyatlarimizni ayamaymiz.SungWoon Universitetin Xalqaro Til Markazi

Murojaatnoma

HOME > Xalqaro Til Markazi > Murojaatnoma

Assalomu alaykum! Sungwoon Universiteti Xalqaro Til markaziga xush kelibsiz!

Sungwoon Universiteti globallashuv davriga yetakchilik qiladigan va kishilik jamiyatining taraqqiy topishiga hissa qoʻshadigan iste’dodlarni kamol toptirishni anglatuvchi ta’sis falsafasini amalga oshirish maqsadida 1997-yilda tashkil etilgan. Oliygoh Koreyaning xalqaro ta’lim bo’yicha tajribaga ega universitetidir. Ushbu tajribaga asoslanib, Sungwoon Universiteti chet elliklar va chet ellik koreys diasporasi vakillari uchun koreys tilida ta’lim dasturlarini yaratdi va shu kungacha qariyb 20 yil davomida dunyoning o’nlab mamlakatlari talabalariga koreys tilini o’rgatib kelmoqda.

Sungwoon Universiteti shu davr oralalig’ida xalqaro ta’lim usullariga asoslangan koreys tili ta’limini sifat jihatdan takomillashtirishga hissa qo’shib kelmoqda. Sungwoon Universiteti Xalqaro Til Markazining koreys tili ta’limi amaliy muloqot koʻnikmalarni oshirishni maqsad qilgan holda ta’limni olib borishi ko’plab talabalar tomonidan ijobiy baholanib kelmoqda. Shu maqsadda Sungwoon Universiteti ko’plab o’quvchilarga koreys tilida yuqori sifatli ta’lim dasturlarini taqdim etish uchun koreys tili muntazam kursidan boshlab turli xil dasturlarni loyhalashtirib, shunga mos ta’lim jarayonlarini ishlab chiqib kelmoqda.

Kelgusida Xalqaro Til Markazi koreys tili ta’limi bilan bog’liq Sungwoon Universitetining barcha infratuzilmalaridan to’liq foydalangan holda yana bir pog’ona yuqori bo’lgan koreys tilini o’rgatish dasturlarini taqdim etadi. Sizlar Xalqaro Til Markazimizda koreys tili va Koreya madaniyatini yaxshiroq o’rganishingiz uchun barcha imkoniyatlarimizni ayamaymiz. Sungwoon Universiteti Xalqaro Til Markazida biz bilan birga baxtli tahsil olishni istagan siz aziz talabalarni kutib qolamiz.

Rahmat!

Xalqaro Til Markazi direktori