본문 바로가기 주메뉴 바로가기

Sizlar Xalqaro Til Markazimizda koreys tili va Koreya madaniyatini yaxshiroq o'rganishingiz uchun barcha imkoniyatlarimizni ayamaymiz.SungWoon Universitetin Xalqaro Til Markazi

Muntazam kurs

HOME > Koreys tili kursi > Muntazam kurs

Muntazam kurs haqida

Bosqich va daraja bo’yicha ta’lim maqsadi

수준 및 급별 교육목표의 수준, 급수, 교육목표를 나타낸 표
Bosqich Daraja Ta’lim maqsadi
Boshlang’ich 1-daraja Asosiy grammatika va jumlalardan foydalangan holda fundamental so’zlashish, tinglash, o’qish va yozish ko’nikmalari shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Talabalar o’zi, oilasi, sevimli mashg’uloti va ob-havo kabi shaxsiy hamda yaqin tanish mavzularga oid iboralarni o’rganadi.
2-daraja Talabalar nisbatan barqaror murakkab jumlalarni tuzib o’rganadi va turli xil rol o’yinlar orqali real vaziyatda tabiiy muloqot qila oladi.
O’rta 3-daraja Talabalar so’zlashuvning hurmat shakli qoidasidan erkin foydalana oladi va koreyslar bilan kundalik mavzularda qiynalmasdan suhbatlashish darajasidagi ko’nikmaga ega bo’ladi. "Suhbatlashish / Rol o’yin" kabi mashg’ulotlar yordamida turli vaziyatlarda koreys tilida gaplashish ko’nikmasini rivojlantiradi.
4-daraja Talabalar nafaqat koreys jamiyatining turli sohalarida keng qo’llanilish uchun ajratilgan iboralarni, balki intonatsiya tufayli yuzaga keladigan hissiy nutqdagi farqlarni ham oʻrganadi va o’zlashtiradi. Bahs-munozara shaklidagi darslar yoki gazeta maqolalari, media vositalaridan foydalanilgan darslarning qisman kiritilishi yanada amaliy va murakkab real koreys tilida suhbatlashishga moslashish uchun tayyorlaydi.
Yuqori 5-daraja Talabalar boshlang’ich va o’rta bosqichda o’rgangan koreys tili grammatikasi va so’zlashish, tinglash, o’qish va yozish kabi ko’nikmalar asosida yuqori bosqichdagi iboralarni tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. Shuningdek, talabalar Koreyaning siyosati, iqtisodiyoti, jamiyati va madaniyati kabi notanish suhbatlarga duch kelib, og’zaki va yozma nutq shakllarini farqlash, shaxsiy til hayoti hamda rasmiy va norasmiy vaziyatlarga mos iboralarni ajratib, ularni o’zlashtirishga e’tibor qaratadi.
6-daraja Talabalar bu vaqt ichida o’rgangan jumla va til kabilar asosida o’z fikrlarini mantiqiy ravishda yetkazadi va jamoaviy vaziyatlarida muloqotni amalga oshira oladi. Shuningdek, intensiv Koreya tarixi, adabiyoti, madaniyati, iqtisodiyoti, siyosati va jamiyati kabilarga oid mavzularda koreys talabalari bilan bahs-munozara olib boradigan darajadagi qobiliyatlarini rivojlantiradi.